Kompaniya haqida

“OKS TECHNOLOGIES” O‘zbekistondagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi yetakchilardan biri bo‘lib, o‘z segmentida 10 yildan ortiq tajribaga ega yuqori toifali mutaxassislar jamoasidir. Biz davlat idoralari va xususiy kompaniyalarning  geografik joylashuvi, faoliyat turi, buyurtmaning murakkabligi va yo'nalishidan qat'iy nazar istalgan loyihalarini raqamlashtirish imkoniga egamiz!

Faoliyat davomida 400 ga yaqin bir-birini takrorlamas muvaffaqiyatli loyihalar bajarilgan bo'lib, ulardan eng yiriklari bilan tanishib chiqishingiz mumkin: 

O'zbekiston milliy axborot agentligi

Kun.uz - O'zbekiston va jahon yangiliklari

Eksportchilarga subsidiya berish ERP tizimi

Tribuna.uz - Sport yangiliklari

Eksportchilar portali

va boshqa ko'plab loyihalarimiz hamkorlar hamda foydalanuvchilar tomonidan ijobiy baholanmoqda.

Yirik loyihalarimizdan "Apoint" hamda "Finiso" Sturt UP lari hozirgi kunda jahon bozorida o'zining o'rnini egallash uchun shiddat bilan  faoliyat olib bormoqda

Tugallangan har bir loyihamiz mijozimizning barcha istak va g'oyalarini to'liq o'zida mujassam etgan holda bir qarashda o'zini samarali namoyon etadi. Biz loyihaga ko'lami va turidan qat'iy nazar puxta yondashishni ustuvor vazifa deb bilamiz va amalga oshiramiz. Buning uchun ishni tizimli tashkil qilib, sohaning eng yaxshi mutaxassislarini jalb qilamiz.

Biz veb-dasturlash, kreativ dizayn yechimlari sohasidagi xizmatlarni taklif qilamiz. Agarda sizda hali loyiha qanday bo'lishi haqida aniq fikr va qaror mavjud bo'lmasa, biz sizga avvalo, loyiha menejerini biriktiramiz. So'ngra "First concept than design" qonuniyatiga asoslanib, vazifani bajarish uchun loyihani, avvalo, o'rganamiz hamda tajribali mutaxassislar tomonidan konsepsiya ishlab chiqib, loyiha dizayni (eskiz)ni tayyorlaymiz. Bu esa istalgan loyihani muvaffaqiyatli amalaga oshirish garovi bo'ladi.

Orzuyingizdagi web-dastur, kreativ ammo qulay dizayn va eng yaxshi mobil ilovani biz bilan birgalikda tayyorlang!

Quyida biz professional va tez amalga oshira oladigan xizmatlarimiz keltirib o'tilgan.

Vazifani bajarish uchun siz uni o'rganishingiz va juda katta tajriba yo'lidan o'tishingiz kerak. Mana, biz professional va tez hal qila oladigan vazifalar